AsosiyDunyo

Xitoyda qurt yomg`iri yog`di

'Xitoyda qurt yomg`iri yog`di'ning rasmi

Xitoyning Shimoliy Koreya bilan chegaradagi Lyaonin provinsiyasida yuz bergan g`ayrioddiy hodisa ijtimoiy tarmoqda tarqamoqda. Tarqalgan videoda yo`llar va avtomobillar yomg`irdan so`ng qurtlar bilan qoplanganini ko`rish mumkin.

Mahalliy Wion nashriga tayanib, "zamon.uz"ning xabar qilishicha, bu haqiqatdan ham “qurt yomg`iridan” keyingi tasvir.  Hukumat aholidan soyabon bilan ko`chaga chiqishni so`ragan.

Meteorologlar hasharotlar bo`ron vaqtida kuchli shamol orqali bu erga kelib qolganini aytmoqda.

Ammo ijtimoiy tarmoqning barcha foydalanuvchilari ham mashinalar ustidagi qurt ekaniga ishonmayapti. Ayrimlar bu terak guli ekanini yozgan bo`lsa, boshqalar bu montaj ekanini aytmoqda.

Eslatib o`tamiz, 2011 yilda Shotlandiyada ham qurtlar yomg`iri kuzatilgan.

    Boshqa yangiliklar