AsosiyJamiyat

Rossiyada ishlayotgan o`zbekistonliklarga katta pul evaziga shubhali kurerlik xizmatlari taklif etilmoqda

'Rossiyada ishlayotgan o`zbekistonliklarga katta pul evaziga shubhali kurerlik xizmatlari taklif etilmoqda'ning rasmi

Migrasiya agentligi Rossiyada ishlayotgan o`zbekistonliklarni internet orqali katta pul evaziga mahsulotlarni bir manzildan ikkinchi manzilga etkazib berish haqidagi e`lonlar yuzasidan ogohlikka chaqirdi

Xabarga ko`ra, so`nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlar orasida Internet orqali katta pul evaziga mahsulotlarni bir manzildan ikkinchi manzilga etkazib berish haqidagi e`lonlar bo`yicha muammolar yuzaga kelmoqda. Norasmiy kurerlik xizmatlarida narkotik yoki taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni etkazib berish ("zakladka") taklif qilinmoqda va buning oqibatida polisiya xodimlari tomonidan ular ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.

«Shu munosabat bilan yurtdoshlarimizdan norasmiy kurerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga etkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni so`raymiz.

Eslatib o`tamiz, Rossiya qonunchiligiga ko`ra, narkotik moddalarni sotish yoki etkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan», deyiladi agentlik xabarida.

Ma`lumot uchun, so`nggi vaqtlarda Rossiyada qamalgan xorijliklar, jumladan O`zbekiston fuqarolari Ukrainadagi harbiy harakatlarga jalb etilishi holatlari ko`paymoqda.

    Boshqa yangiliklar