Butunxitoy xalq vakillari kengashi Li Syanni Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashining yangi rahbari etib sayladi, deya xabar bermoqda “Sinhua” axborot agentligi. Bungacha amaldor 2017 yildan buyon Xitoy Kommunistik partiyasi Shanxay shahar qo`mitasi kotibi lavozimida ishlab kelgan. Li Syanning Xitoy hukumati rahbari lavozimiga nomzodini partiya rahbari Si Szinpin shaxsan taklif qilgan.
Ovoz berishdan so`ng Bosh Assambleya Li Syanni Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi bosh vaziri etib tayinlash to`g`risida qaror qabul qildi, deya xabar beradi Sinhua.
Davlat kengashi rahbari Li Ketsyan vakolat muddati tugashi munosabati bilan o`z lavozimini tark etdi. U Xitoy hukumatini 2013 yildan 2023 yilgacha ketma-ket ikki muddat boshqargan. Xitoy qonunchiligiga ko`ra, hukumat rahbari lavozimida ko`proq qolish mumkin emas.
Si Szinpin allaqachon Li Syanni Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi rahbari lavozimiga tayinlash haqidagi farmonni imzolagan.
11.03.2023 23:29
Xitoy yangi hukumat rahbarini sayladi






