Sog`liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov rahbarligida o`tgan Hay`at yig`ilishida bir qator rahbar xodimlar ishdan olindi.
SSV matbuot xizmati xabariga ko`ra, berilgan topshiriq va vazifalar hamda qo`yilgan talablarni o`z vaqtida bajarmagani sababli «O‘zmedimpeks» MChJ direktori A.Nabiev, Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.Sharipov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Shuningdek, o`z yo`nalishida etarli natija ko`rsata olmagani bois vazirlikning Dori vositalari va tibbiy buyumlar va jihozlar muomalasini tartibga solish va muruvvat yordamini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig`i X.Ganieva hamda yana bir qator mas`ullar ham ishdan olingani ma`lum qilindi.
Vazirning tegishli buyrug`i bilan Investisiya va grant loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig`i vazifasini bajarib kelgan N.Rasulov ham ishdan bo`shatilgan.






