AsosiyJamiyat

"O`zbekneftgaz"ga yangi rahbar tayinlandi 

'"O`zbekneftgaz"ga yangi rahbar tayinlandi 'ning rasmi

Bahodirjon Siddiqov «O`zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi. Ushbu ma`lumotni Davletovuz kanali manbasi tasdiqlagan.

Bahodirjon Siddiqov 2009−2010 yillarda va 2017 yilda «Neftegazinvest» mas`uliyati cheklangan jamiyat direktori lavozimida ishlagandi.

2017−2018 yillarda «O`zbekneftgaz» AJ raisi o`rinbosari bo`lgan. 2018−2019 yillarda Vazirlar Mahkamasi Geologiya, yoqilg`i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri lavozimida faoliyat yuritgan, 2019 yil fevralidan 2020 yil yanvarigacha «O`zbekneftgaz»ga rahbarlik qilgandi.

So`nggi vaqtlarda u Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Yoshlik konini o`zlashtirish bo`yicha loyiha ofisi rahbari lavozimida ishlab kelgan.

«O`zbekneftgaz»ga 2020 yil yanvaridan buyon Mehriddin Abdullaev rahbarlik qilayotgandi.

2022 yil dekabrida energiya ta`minotidagi kamchiliklar uchun boshqa mas`ullar qatori Abdullaev ham hayfsan olgandi.

2023 yil mart oyi boshida imzolangan prezident qaroriga asosan, 31 ta yirik davlat korxonasi, xususan

«O`zbekneftgaz»ning davlat aksiya paketlari bo`yicha aksiyadorlik funksiyasi Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligiga o`tkazilgan edi.

    Boshqa yangiliklar