AsosiyJamiyat

Bo`kadan tuxumsimon noyob ko`zalar topildi

'Bo`kadan tuxumsimon noyob ko`zalar topildi'ning rasmi

Toshkent viloyati Bo`ka tumanidan tuxumsimon 2 ta xum va 2 ta Toshkent vohasining o`rta asrlarga oid arxeologik yodgorliklariga tegishli ashyolar topildi. Bu haqda O`zbekiston Fanlar akademiyasi xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, topilgan tarixiy ashyolar orasida sirtiga ayol qiyofasi bo`rttirib gavdalantirilgan toshbaqasimon ko`za noyobdir. Bunday idish Toshkent viloyatida ilk bor topildi. U qadimgi yunon an`anasiga mos ravishda ishlangan.

Bu qadimgi Choch-Toshkent hududiga salavkiylar sarkardasi Demodamning (miloddan avvalgi III asr) kelishi bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Idishda yunon ma`budasining tasviri o`z aksini topgan.
Xuddi shunday qiyofa Turkiyada miloddan avvalgi II asrda qurilgan Apollon ibodatxonasida ham bor.

    Boshqa yangiliklar