«Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo`llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi Prezident qarori (PQ–92-son, 11.03.2023 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko`ra, 2023 yil 1 apreldan «Nuroniy» jamg`armasiga davlat subsidiyasini ajratish tizimi joriy etiladi.
«Bir nuroniy o`n yoshga mas`ul» tamoyiliga muvofiq yoshlar har bir mahalladagi faol nuroniylarga biriktiriladi.
«Nuroniy har bir oilaga mas`ul» loyihasi asosida muammoli oilalarning har biriga «Keksalar maslahati» guruhlarining bir nafardan a`zolari biriktiriladi.
«Bir nuroniy o`n yoshga mas`ul» tamoyili hamda «Nuroniy har bir oilaga mas`ul» loyihasi asosida faoliyat olib borgan va ijobiy natijalarga erishgan nuroniylarni «Nuroniy» jamg`armasi mablag`lari hisobidan rag`batlantirib borish tizimi joriy etiladi.
Mahallalarda faoliyat yuritayotgan «Keksalar maslahati» guruhlari rahbarlari har chorakda BHMning 2 baravari (600 ming so`m) miqdorida rag`batlantirib boriladi.






