AsosiyJamiyat

Olmazorda “Matiz”, "Changan" hamda "Cobalt" ishtirokida YTH sodir bo`ldi

'Olmazorda “Matiz”, "Changan" hamda "Cobalt" ishtirokida YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

2023 yilning 11 mart kuni soat taxminan 13:00 larda Olmazor tumani, Axmad Donish ko`chasidagi “Taxtapul” ko`prigi ustida, haydovchi 2002 yilda tug`ilgan S.Yu. «Changan» rusumli, davlat raqam belgisi 01 V 043 UB bo`lgan avtomashinani boshqarib ketayotib, yo`l chetida harakatsiz to`xtab turgan haydovchi 1981 yilda tug`ilgan B.K.ga tegishli “Matiz” rusumli, davlat raqam belgisi 01 N 041 UB bo`lgan avtomashinasi bilan to`qnashuv sodir etib, boshqaruvni yo`qotib, bir yo`nalishda harakatlanib ketayotgan haydovchi 1984 yilda tug`ilgan F.X.ning «Cobalt» rusumli, davlat raqam belgisi 80 V 397 RA bo`lgan avtomashinasiga urilgan.

YTH natijasida «Matiz» avtomashinasi yo`lovchilari: 1984 yilda tug`ilgan T.A. hamda 2002 yilda tug`ilgan A.G`. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan, Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar