AsosiyJamiyat

Shahrisabz-Samarqand-Shahrisabz yo`nalishida Afrosiyob poezdi harakati qo`yildi

'Shahrisabz-Samarqand-Shahrisabz yo`nalishida Afrosiyob poezdi harakati qo`yildi'ning rasmi

Shahrisabz-Samarqand-Shahrisabz yo`nalishida tezyurar yo`lovchi poezd harakati qo`yildi. Bu haqda "O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2023 yilning 20 mart sanasidan boshlab har kuni yangi 07/08-sonli Shahrisabz-Samarqand-Shahrisabz yo`nalishida tezyurar yo`lovchi poezd harakati yo`lga qo`yilgan.

Harakat jadvali quyidagicha:

7-sonli "Shahrisabz - Samarqand" yo`nalishi:

Shahrisabz 07:03 - Samarqand 10:54.

8-sonli "Samarqand - Shahrisabz" yo`nalishi:

Samarqand 17:52 - Shahrisabz 21:22.

    Boshqa yangiliklar