AsosiyDunyo

Evropa Ittifoqi Rossiyaning 115 milliard evrolik aktivlarini topa olmayapti

'Evropa Ittifoqi Rossiyaning 115 milliard evrolik aktivlarini topa olmayapti'ning rasmi

Evropa Ittifoqi 2023 marti holatiga ko`ra, sanksiyalar ostidagi Rossiya fuqarolariga tegishli 20.9 milliard evrolik aktivlarni muzlatdi. Bu haqda "zamon.uz" yozmoqda. 

Rasmiy ma`lumotlarda keltirilishicha, 2019 yilda rossiyaliklarning EIga investisiyalari 136 milliard evroni tashkil etgan.

Bloomberg agentligi hozirda 115 milliardlik aktivlar qidirilayotganini yozgan. 2022 martida bu bo`yicha maxsus komissiya tuzilgan edi. Qidiruvni yanada samarali bo`lishi uchun Evroittifoq rasmiylari banklardan qo`shimcha hisobot talab qilmoqchi, bu tartibga rioya qilmaganlar jarimaga tortiladi. Shuningdek, sanksiyalarni chetlab o`tishga yordam berayotgan shaxslarga jazo choralari kuchaytiriladi.

 

EI hozirga qadar Rossiyaga qarshi 10 ta sanksiyalar paketini joriy qilgan. Cheklovlar ostida 1.5 ming odam qolmoqda.

    Boshqa yangiliklar