2023 yilning 13 aprelidan boshlab Uzbekistan Airways O`zbekiston va Yaponiya o`rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo`lga qo`yadi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kunchiqar mamlakatga to`g`ridan-to`g`ri parvozlar har hafta payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti, shuningdek, “UzAirways” mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qiling.






