AsosiyJamiyat

Farg`onada erkak qushni mashinaning oynasiga yopishtirib qiynoqqa soldi (video)

'Farg`onada erkak qushni mashinaning oynasiga yopishtirib qiynoqqa soldi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda noma`lum fuqaro tomonidan Chittak qushini mashinasining yon tomon oynalariga sichqonlarni tutishga mo`ljallangan yopishqoq vositani skochlab, unga yopishib qolgan qushni qiynayotgani aks etgan video tarqaldi. 

Tabiat resurslari vazirligi Farg`ona viloyat boshqarmasi mazkur video yuzasidan munosabat bildirdi.

O`rganishlar davomida videolavhadagi Gentra Farg`ona viloyatining Farg`ona tuman "Bo`ston" MFY hududida yashovchi M.O.ga tegishli ekanligi aniqlanib, yashash manziliga borib u bilan suhbat o`tkazilgan.

Suhbat davomida qushlar mashina oynalarini tirnab tashlayotganligi sababli, shunday yopishqoq vositani skochlab, qushni ushlaganligi, biroq videorolik olingandan so`ng qushni qo`yib yuborganligini bildirgan. U bunday xatti–harakati uchun uzr so`radi va qilgan ishidan pushaymonligini, bu holat yana tokrorlanmasligini aytib o`tdi.

Boshqarma xodimlari tomonidan fuqoro M.O.ga tegishli qonun talablari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, holat yuzasidan tushuntirish xati olindi va to`plangan hujjatlar tegishli chora ko`rish maqsadida tuman IIBga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar