AsosiyJamiyat

Buxoroda avtobusdagi erkak tik turgan ayolga uyatsiz qiliq qildi (video)

'Buxoroda avtobusdagi erkak tik turgan ayolga uyatsiz qiliq qildi (video)'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Buxoro shahrida jamoat transportida qiz bolaga tegajog`lik qilgan yigit haqida xabarlar tarqaldi. Buxoro viloyat IIB holat yuzasidan o`z rasmiy munosabatini bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu xabar Buxoro shahar IIO FMB da tegishli tartibda qayddan o`tkazilib, mas`ullar tomonidan holatga aniqlik kiritish maqsadida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O`rganish davomida aniqlangan huquqbuzarlik holatlari bo`yicha aybdor shaxsga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora ko`riladi.

"Shu o`rinda, yuqorida keltirilgan yoki shunga o`xshash holatlarda Buxoro viloyati IIBning “102” qisqa raqamli elektron tizimiga qo`ng`iroq qilib xabar berishingizni so`rab qolamiz" - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar