AsosiyJamiyat

Andijonda noqonuniy elektr energiyasidan foydalanib, "Mayning-ferma" ochgan 29 yoshli fuqaro aniqlandi

'Andijonda  noqonuniy elektr energiyasidan foydalanib, "Mayning-ferma" ochgan 29 yoshli fuqaro aniqlandi'ning rasmi

Andijon viloyati IIB Kiberxavfsizlik bo`limi va DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida  o`tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlarda "Mayning-ferma" tashkil qilib noqonuniy ravishda elektr energiyasidan foydalanib, 900 million so`m zarar keltirgan fuqaro aniqlandi.

Andijon shahrida istiqomat qiluvchi 1994 yilda tug`ilgan Q.B. noqonuniy ravishda o`z yashash xonadonida 21 ta faol "mayning" qurilmalaridan foydalanib "Mayning-ferma" tashkil qilgan.

 "Mayning-ferma" faoliyati uchun hech qanday ruxsatnoma va hujjatlarsiz elektr energiyasidan foydalanib kelganligi hamda ushbu xonadon egalari elektr tarmog`iga o`zboshimchalik bilan hisoblagichlarsiz ulanib, 900 million so`m miqdorida zarar etkazganligi ma`lum bo`lgan.

Qayd etilishicha, hozirda Q.B.ga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar