Joriy yil mart oyidan boshlab mobil Internet tezligi oshiriladi va butun mamlakat bo`ylab 5G texnologiyasi joriy etiladi. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda "O`zbektelekom" AK axborot xizmati rahbari Temur Mamajonov ma`lum qildi.
Shuningdek, mamlakat bo`ylab 3 000 dan ortiq mavjud tayanch stansiyasi eng so`nggi texnologiyalar bo`yicha yangilanadi va 2 000 dan ortiq yangi tayanch stansiyasi qurilib, ishga tushiriladi.
Loyihaning muhim bosqichi qator tayanch stansiyalarini 5G standartiga yangilash jarayoni hisoblanadi.
Natijada mobil aloqa abonentlari beshinchi avlod tezligida mobil internetdan bemalol foydalanishlari mumkin bo`ladi.
O`zbekistonda birinchi marta flagman smartfonlar, jumladan, iPhone egalari 5G texnologiyasidagi mobil internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladi.






