AsosiyJamiyat

Bo`stonliqda dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritmoqchi bo`lganlar ushlandi

'Bo`stonliqda dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritmoqchi bo`lganlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo`stonliq tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

 “A.A.” MChJ menejeri V.X. va boshqalar dori vositalarini dorixonalardan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko`zlab, fuqaro A.S.ga tegishli hujjatlari bo`lmagan 45 ming dona “Seftriakson” nomli dori vositasini 131,4 mln so`mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar