AsosiyJamiyat

Migrasiya agentligi Rossiyada ishlayotgan o`zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi

'Migrasiya agentligi Rossiyada ishlayotgan o`zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Rossiya Federasiyasida ishlayotgan o`zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi.

Ma`lum qilinishicha, so`nggi vaqtlarda Rossiya Federasiyasida ishlayotgan mehnat migrantlari orasida bank xizmatlari bilan bog`liq turli firibgarliklarga duch kelish holatlari yuz bermoqda.

Xususan, qarindoshlariga pul o`tkazish maqsadida mobil ilovadan foydalanish jarayonida mehnat migranti hisob raqamidan pul echib olish yoki uning nomiga yuqori foizli kreditlar rasmiylashtirish kabi muammolar uchramoqda.

Ushbu holatlar bo`yicha huquq-tartibot idoralari tomonidan qator surishtiruv ishlari boshlangan.

"Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan bank xizmatlaridan, xususan, pul o`tkazish tizimlaridan foydalanishda ehtiyotkor bo`lishni, shaxsiy ma`lumotlarni hech kimga ma`lum qilmaslikni so`raymiz", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar