AsosiyJamiyat

OITSga chalingan sirdaryolik ayol Buxoroda 4 nafar erkakka bila turib kasallikni yuqtirdi

'OITSga chalingan sirdaryolik ayol Buxoroda 4 nafar erkakka bila turib kasallikni yuqtirdi'ning rasmi

Sirdaryolik ayol OIV infeksiyasiga chalinganini bila turib, kasallikni o`zgalarga yuqtirgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Sirdaryo viloyatida yashovchi, 1999 yilda tug`ilgan M.S. ismli ayol 2020 yil 13 fevralda Sirdaryo viloyati OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan OIV infeksiyasi yuqtirib olgan shaxs sifatida ro`yxatga olingan. Unga boshqa shaxslarga OIV infeksiyasini yuqtirgan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilishi to`g`risida tegishli tartibda ogohlantirilgan bo`lishiga qaramasdan, u qasddan jinoyat sodir qilish yo`liga o`tib, 2022 yil avgust oyidan 2022 yil dekabr oyiga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida Buxoro tumani hududida joylashgan cho`l zonasida 4 nafar fuqarolar bilan birga bir necha marotaba jinsiy aloqada bo`lib, o`zida OIV infeksiyasi borligini oldindan bilgan holda ushbu kasallikni boshqa shaxslarga yuqtirish xavfi ostida qoldirgan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar