Samarqand shahrida 7 mart kuni Nexia-3 yangi qurilayotgan binoning erto`lasiga tushib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, soat 21:40 da Sadriddin Ayniy ko`chasida harakatlanayotgan Nexia-3 boshqaruvi yo`qotilishi oqibatida yo`lning o`ng tomonida qurilish ishlari olib borilayotgan binoning erto`lasiga tushib ketib harakatdan to`xtagan.
Hodisa oqibatida avtomashina haydovchisi engil tan jarohat olgan. Voqea joyiga tez tibbiy yordam mashinasi chaqirilib haydovchiga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilib, uyiga ketishga ruxsat berilgan.
Holat yuzasidan mas`ul xodimlar tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






