Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 23-28° iliq, janubda va cho`l hududlarda 30° iliqgacha bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-26° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq bo`ladi.
10.03.2023 08:07
Bugun ba`zi viloyatlarda yomg`irli ob-havo bo`ladi






