Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahri va viloyati boshqarmasiga boshliqlar tayinlandi. Bu haqda O`zA xabar berdi.
Bosh prokuror buyrug`i bilan Orif Bozorov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyat boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar, Orif Bozorov Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Shuningdek, Bosh prokuror buyrug`i bilan Ahrorbek Arziev Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.
Bunga qadar, u Byuroning Toshkent viloyat boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.






