Statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, 2022/23-o`quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan 194 ta nodavlat umumta`lim tashkilotlarida jami 45 927 nafar o`quvchi tahsil olmoqda.
Nodavlat umumta`lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o`quvchilar sonini 2018/2019 o`quv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 32 158 nafarga ko`paygan.
Yillar kesimida nodavlat umumta`lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o`quvchilar soni:
— 2018/2019-o`quv yili boshiga – 13 769 nafar
— 2019/2020-o`quv yili boshiga – 21 042 nafar
— 2020/2021-o`quv yili boshiga – 26 970 nafar
— 2021/2022-o`quv yili boshiga – 30 553 nafar
— 2022/2023-o`quv yili boshiga – 45 927 nafar
09.03.2023 20:19
Nodavlat umumta`lim maktablarida qancha o`quvchi tahsil olayotgani ma`lum bo`ldi






