Xabaringiz bor, ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to`g`risida”gi Konstitusiyaviy qonuni loyihasi muhokama etilmoqda.
Muhokamada qayd etilishicha, Oliy Majlisning jamiyat hayotidagi o`rni, roli va ta`sirini kuchaytirish maqsadida prezidentning ayrim vakolatlari parlamentga o`tkazilmoqda.
Xususan, Bosh prokuror, Hisob palatasi rahbarligiga nomzodlar avval Senatda ko`rib chiqilib, keyin Prezident tomonidan tayinlanish, shuningdek, monopoliyaga va korrupsiyaga qarshi kurashish organlari rahbarlarini Senat tomonidan saylash amaliyoti joriy etilmoqda.






