AsosiyJamiyat

⚡️Sirdaryoda 8 mart kuni 3 nafar egizak qizaloq dunyoga keldi(video)

'⚡️Sirdaryoda 8 mart kuni 3 nafar egizak qizaloq dunyoga keldi(video)'ning rasmi

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahridan Maqsuda Karimova va uning oila a`zolari uchun qo`sh quvonchga aylandi. Bayram arafasida oila bekasi uch egizakni duyonga keltirdi.

O`ttiz besh yoshli Maqsuda Guliston shahar tibbiyot birlashmasida tajribali shifokorlar nazoratida uch nafar egizak qizlar – Fotimaxon (vazni 2,2 kg), Zuhraxon (2,5 kg), Zaxroxon (2,2 kg)ni bag`riga bosdi.

Ayni paytda onaning ham, chaqaloqning ham ahvoli yaxshi.

Maqsud Karimova jami olti farzandning onasiga aylandi.

    Boshqa yangiliklar