Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni loyihasi muhokama etilmoqda.
Konstitusiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitusiyaga 27 ta yangi modda kiritilmoqda.
Konstitusiyaviy qonun loyihasida davlat hokimiyatining bir qator lavozimlariga nisbatan ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ushbu lavozimga saylanishi (tayinlanishi) mumkin emasligiga oid demokratik qoida kiritilmoqda.
▪️Qonunchilik palatasi Spikeri;
▪️Senat Raisi;
▪️O`zbekiston Respublikasining Prezidenti;
▪️viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining raisi;
▪️hokim;
▪️Oliy sudning raisi va rais o`rinbosari;
▪️Sudyalar oliy kengashining raisi va rais o`rinbosari;
▪️Markaziy saylov komissiyaning raisi;
▪️Bosh prokuror lavozimlaridir.






