Qozog`istonning sobiq mudofaa vaziri Murat Bektanov 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Qozog`istonning BaigeNews.kz axborot portali jinoiy ishlar bo`yicha ixtisoslashtirilgan tumanlararo harbiy sudi xabariga tayanib xabar berdi.
Yanvar oyida Qozog`iston bosh prokurori Berik Asilov Bektanov “noqonuniy buyruqlar bergani va harbiy strategik ob`ektlarni himoyasiz qoldirgani”ni aytgan edi. Bundan tashqari, sobiq vazir “jangovar vaziyatda o`z vakolatini suiiste`mol qilish”da ayblangan.
Avvalroq Bektanov 20 fevral kuni Bosh prokuratura tomonidan Qozog`iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 452-moddasi (hokimiyatning harakasizligi) bo`yicha tergovga qadar tekshiruv o`tkazilgach, qo`lga olingani haqida xabar berilgan.
2021 yil avgustidan buyon Mudofaa vazirligini boshqarib kelgan Bektanov 19 yanvar kuni lavozimidan ozod etilgan. Shu kuni Qozog`iston prezidenti Qosim-Jomart Tokaev yangi mudofaa vaziri – mamlakat ichki ishlar vazirining sobiq o`rinbosari, general-leytenant Ruslan Yaxshiliqovni tayinlagan.
Eslatib o`tamiz, 2022 yil 2 yanvar kuni Qozog`istonda ommaviy norozilik namoyishlari boshlangan, fuqarolar suyultirilgan gaz narxi ikki baravar oshirilganidan noroziligini bildirishgan edi. Respublikaning eng yirik shahri Olmatida tartibsizliklar, talonchilik, davlat muassasalari va xavfsizlik xodimlariga hujumlar bo`lgan. Mamlakat rasmiylari 19 yanvarga qadar mamlakatda favqulodda holat e`lon qildi va aksilterror operasiyasini boshladi.






