Avvalroq, Toshkentdan o`ligi topilgan rossiyalik jurnalist haqida xabar bergan edik.
O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot kotibi jurnalistning o`limi bilan bog`liq holat bo`yicha qo`shimcha ma`lumotni e`lon qildi.
"Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko`ra, A.Nechaevning o`limi "surunkali yurak-o`pka etishmovchiligi, yurakning surunkali ishemik kasalligi",–dan kelib chiqqan.
A.Nechaevning tanasi ko`zdan kechirilganda tan jarohatlari aniqlanmagan",–deyiladi xabarda.
Hozirda tekshirish davom etmoqda.






