Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi.. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 17-22° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-19° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, baland tog`larda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo`ladi.
09.03.2023 08:23
9 mart kungi ob-havo ma`lumotlari e`lon qilindi






