AsosiyJamiyat

Toshkentda rossiyalik jurnalistning o`ligi topildi

'Toshkentda rossiyalik jurnalistning o`ligi topildi'ning rasmi

Rossiyaning “Byulleten kinoprokatchika” jurnali bosh muharriri Aleksandr Nechaev 37 yoshida vafot etdi. Bu haqda jurnal Telegram kanali xabar berdi.

Jurnalistning hamkasbi va do`sti Denis Korsakovning aytishicha, Nechaev Toshkent shahridagi kvartiralardan birida o`lik holda topilgan. U jurnalist bilan oxirgi marta 4 mart kuni bog`langan.

“Biz cheksiz qayg`u bilan jurnal bosh muharriri Aleksandr Nechaevning to`satdan vafot etganini ma`lum qilamiz. Sasha aqlli va mehribon inson, professional va iste`dodli jurnalist edi”, — deyiladi jurnal xabarida.

Denis Korsakovning aytishicha, Nechaev bir necha oy yashash uchun Toshkentga ketgan va aprel oyida Moskvaga qaytishni rejalashtirgan. 6 mart kuni Nechaev aloqaga chiqishning iloji bo`lmagan, uning do`stlari toshkentlik tanishlaridan hammasi joyida yoki yo`qligini tekshirishni so`ragan.

Ular uy egasi va ichki ishlar xodimlari bilan birgalikda ijaraga olingan xonadonga kelgan.Shu paytda Aleksandr Nechaev o`lik holda topilgan. U nima sababdan vafot etgani hozircha aniq emas. Jurnalist yurak xurujidan o`lgani taxmin qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar