Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida 3 kishi halok bo`ldi. Bu haqda “Zamon” informasion dasturida qilindi.
Ma`lum qilinishicha, M-37 avtomobil yo`lining 44-kilometrida harakatlanib kelayotgan Lacetti yo`lning o`ng tarafida to`xtab turgan yuk mashinasining orqasiga kelib urilgan. Hodisa oqibatida Lacetti haydovchisi va ikki yo`lovchi voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek, yana bir yo`lovchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, Buxoro—Samarqand yo`nalishida harakatlanib kelayotgan Lacetti haydovchisi yo`lda uxlab qolgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-modda 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






