AsosiyJamiyat

Toshkentda Tez yordam haydovchisining kaltaklanishiga oid yangi tafsilotlar e`lon qilindi

'Toshkentda Tez yordam haydovchisining kaltaklanishiga oid yangi tafsilotlar e`lon qilindi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 27 fevral kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida tez yordam mashinasi haydovchisi kaltaklangan edi. Holat yuzasidan yangi ma`lumotlar e`lon qilindi.

Qayd etilishicha, tomonlar voqea bo`yicha o`z variantlarini aytgan, biroq ularning ko`rsatmalari bir-birini inkor qiladi.

Tergov davomida haydovchi ko`rsatma bergan. Jabrlanuvchining so`zlariga ko`ra, uning brigadasi murojaat kelib tushganidan 5 daqiqa o`tib, bemor xonadoniga etib borgan.

Uni kaltaklagan erkakning bayonoti esa bundan farq qiladi. Er-xotinning aytishicha, tez yordam mashinasi murojaatdan 40 daqiqa o`tib etib kelgan. Shuningdek, feldsher va shifokor 43 yoshli bemorning oldiga kelib, uni ko`zdan kechirmagan, balki xona ostonasida turib tashxis qo`ygan. Bu esa mast holatdagi 33 yoshli erkakning jahlini chiqargan. U tez yordam xodimlarini haqorat qilgan,  bundan qo`rqib ketgan shifokor esa xonadonni tark etgan. O`z navbatida feldsher bemorni ko`zdan kechirgan, uning qon bosimini o`lchagan va ukol qilgan.

Ammo bu ham uy egasini tinchlantirmagan. U pastga tushib, tez yordam mashinasining 53 yoshli haydovchisi bilan yoqalashgan. Janjalga sabab bo`lgan erkakning aytishicha, u hovuridan bosilgach, shu kuni uyiga kelgan tez yordam brigadasidan kechirim so`rashga ulgurgan.

Holat bo`yicha Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar