Rossiyaning "Pobeda" aviakompaniyasi 2023 yil 21 apreldan boshlab Moskva va Samarqandni to`g`ridan-to`g`ri charter reyslar bilan bog`lashni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Uzbekistan Airports" xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Moskva — Samarqand — Moskva yo`nalishi bo`yicha parvozlar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Ushbu niyatni Rossiya aviatashuvchisi vakillari Uzbekistan Airports kompaniyasi bilan muzokaralarda bildirishgan. Muloqot chog`ida Rossiya shaharlaridan Toshkent, Samarqand, Buxoro va O`zbekistonning boshqa shaharlariga muntazam yo`lovchi qatnovlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Pobeda — "Aeroflot-Rossiya havo yo`llari" guruhining sho`ba korxonasi, Rossiyaning arzon aviakompaniyasi bo`lib, shtab-kvartirasi Vnukovo (Moskva) aeroportida joylashgan.






