Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Toshkent viloyati Kengsoy MFYda joylashgan Harbiy ta`lim fakulteti talabalar yotoqxonasida "komendant" bo`lib ishlovchi ayolning o`g`li 1-kurs talabasini truba bilan urdi. Voqeaga guvoh bo`lganlarning Darakchi.uz'ga ma`lum qilishicha, talaba shol bo`lib qolgan va kasalxonaga yotqizilgan.
Darakchi.uz Universitet yoshlar etakchisi Abdurahmon Darobov bilan bog`lanib, hodisaga aniqlik kiritdi.
"O`sha fakultetning o`quv binosi komendantini o`g`li va talaba o`rtasida o`sha joydagi mahallada o`zaro janjal bo`lgan. Ular bir-birini avvaldan tanimagan. Komendant va farzandi o`sha erdagi mahallada yashaydi. Talaba engilroq jarohat olgan, hozirda rentgen qilingan. Mas`ullar doktor bilan gaplashsak muammo yo`q o`tib ketadi deyishdi. Shol bo`lib qolmagan hammasi joyida. Fakultet rahbariyati nazoratda ushlashyapti",–dedi Abdurahmon Darobov.
Hozirda "komendant"ning o`g`li IIBga olib ketilgani aytilmoqda. Darakchi.uz hodisa tavsilotlarini kuzatishda davom etadi.






