"O`zgidromet" joriy hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Qayd etilishicha, bugun kunduz kuni Farg`ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek kunning birinchi yarmida markaziy viloyatlarning ayrim joylarida va respublikaning eng cheka janubida yomg`ir yog`ishi mumkin. Respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida yomg`ir yog`adi, baland tog`larda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlari bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat 17-22 daraja iliq atrofida, janubda ba`zi joylarda 23 daraja iliqgacha bo`ladi.
7 martda mamlakat hududiga Turkmaniston hududlaridan quruq va juda iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, kunduzgi havo harorati 25-28 daraja iliqgacha, janubda va cho`l hududlarda 30 daraja iliqgacha ko`tariladi.
8 va 10 martda respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. 9 martda yog`ingarchilik kutilmaydi.
8 martda kunduzgi harorat 15-18 daraja iliqgacha pasayadi, 9-10 martda harorat yana ko`tarila boshlaydi va 10 martga kelib, 21-26 daraja iliqni tashkil etadi.
6-9 martda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatiladi. 7 martda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
6-10 martda tog`oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Poytaxtimizda: bugun kunning birinchi yarmida, 8 martda kun davomida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. 7-9 martda yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Bugun kunduz kuni havo harorati 19-21 daraja iliqni tashkil etadi, ertaga havo 25-27 daraja iliqgacha isiydi, 8-9 mart kunlari 17-19 daraja iliq bo`ladi.






