Bugun kunduz kuni Farg`ona vodiysi viloyatlarida va kunning birinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surhondaryo viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 17-22° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda kunning birinchi yarmida yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19-21° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, baland tog`larda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog`li hududlarda qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13° iliq bo`ladi.
06.03.2023 08:08
Bugun 7 ta viloyatda yomg`irli ob-havo bo`lishi prognoz qilindi






