Orol dengizining suv sathi qariyb yarim metrga ko`tarildi. Bu haqda Qozog`istonning Qizilo`rda viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu kunga qadar to`plangan suv hajmi 19,7 mlrd kub metrni tashkil etadi. O`tgan yili Orol dengiziga tushgan suv hajmi 816 mln kub metrni tashkil qilgan. Joriy yilning 2 oyida 803 mln kubometr qabul qilingan.






