Bugun, 5 mart kuni soat 4:30 da Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Navoiy shoh ko`chasida joylashgan engil konstruksiyali do`konlarda yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Yong`in yuz bergan joyga 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji zudlik bilan etib borib, yong`in soat 05:20 da to`liq o`chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo`q. Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






