AsosiyDunyo

"Sputnik V" vaksinasini yaratuvchilardan biri o`ldirib ketildi

'"Sputnik V" vaksinasini yaratuvchilardan biri o`ldirib ketildi'ning rasmi

"Sputnik V" yaratuvchilaridan biri Andrey Botikov Moskvadagi kvartirasida kamar bilan bo`g`ib o`ldirildi, deb xabar berdi "NewTimes.kz" nashri.

Gumonlanuvchi hibsga olingan va o`z aybiga iqror bo`lmagan.

Andrey Botikov, N.F. nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy ilmiy markazining 18 nafar olimlaridan iborat guruh a`zosi bo`lgan. Ushbu mutaxassislar "Sputnik V" vaksinasini ishlab chiqishda ishtirok etishgan.

Tergov ma`lumotlariga ko`ra, qotillik maishiy sabab, mojaro vaqtida sodir etilgan.

    Boshqa yangiliklar