Bugun “Xavfsiz hayot uchun” velo va piyoda yurish marafoni soat 8:00 da respublikaning viloyat markazlari va Toshkent shahrining "Humo Arena" muz saroyi binosi oldida start oldi.
Ta`kidlanishicha, marafon huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va ularning yuzaga kelish sabablarini aniqlash hamda yo`l harakati xavfsizligini ta`minlashga qaratilgan dasturlar doirasida o`tkazilmoqda.
Videolarda marafonda ishtirokchilar nur qaytargichli jiletlar va xavfsiz hayotga chaqiruvchi shiorli plakatlar ko`tarib olganini ko`rish mumkin.
Shuningdek, ishtirokchilar orasida Bahodir Jalolov ham ko`rasiz. U bu harakati bilan yoshlarni sog`lom va to`g`ri hayotga undashni maqsad qilganini aytmoqda.






