AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning beshta hududida yomg`ir yog`adi

'Bugun O`zbekistonning beshta hududida yomg`ir yog`adi'ning rasmi

"O`zgidromet" ma`lumotiga ko`ra, bugun kunduz kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, Qashqadaryo viloyatida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

 Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi, Jizzax, Navoiy viloyatlarida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda biroz yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19-21° iliq bo`ladi.
 

Tog` oldi va tog`li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, baland tog`larda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin.  Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13° iliq bo`ladi.
 

    Boshqa yangiliklar