AsosiyJamiyat

Samarqandda o`quvchilarga yaroqsiz doskada dars o`tilgani aniqlandi

'Samarqandda o`quvchilarga yaroqsiz doskada dars o`tilgani aniqlandi'ning rasmi

Samarqand viloyati Bulung`ur tumanidagi 13-maktabda o`quvchilarga yaroqsiz doskada va ta`mirtalab xonada dars o`tilayotgani aniqlandi. Viloyat XTB holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 13-umumta`lim maktabining 3 ta binosi mavjud bo`lib, 1-bino 1972 yilda qurilgan, 2- bino 2005 yilda hashar yo`li bilan qurilgan, 3-bino esa 2018 yilda investisiya dasturi doirasida barpo etilgan. Maktab 2021 yilda joriy ta`mirdan chiqqan.

“Ijtimoiy tarmoqlarda surati tarqalgan doska darz ketgan surati maktabning fizika fani o`qituvchisi tomonidan 3 mart kuni muammoni bartaraf etish maqsadida maktab o`qituvchilari guruhiga yuborilgan. Ayni damda maktabdagi yaroqsiz doska yangisiga almashtirilgan”, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar