AsosiyJamiyat

Ertaga 7 ta hududda yomg`irli ob-havo hukmron bo`ladi

'Ertaga 7 ta hududda yomg`irli ob-havo hukmron bo`ladi'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 5 mart kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, biroz yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-11, kunduzi 19-21 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.  

Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi  17-22 daraja iliq bo`ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi, Navoiy viloyatining ayrim joylarida biroz yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi qum bo`ronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha, Navoiy viloyatida sekundiga 22-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi qum bo`ronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha, Jizzax viloyatida  sekundiga 22-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.    

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida  havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi qum bo`ronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 21-26 daraja iliq bo`ladi.  

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10,  kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.    

Respublikamizning tog`oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, baland tog`larda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarda kuchli yog`ingarchilik bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.  

    Boshqa yangiliklar