AsosiyJamiyat

O`zbekiston uy-joy qurilishida sobiq SSSR davlatlari orasida ikkinchi bo`ldi

'O`zbekiston uy-joy qurilishida sobiq SSSR davlatlari orasida ikkinchi bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston sobiq SSSR mamlakatlari orasida uy-joy qurilishi istiqbollari bo`yicha ikkinchi o`rinni egalladi. Bu haqda “Etaji” kompaniyasi tadqiqotlariga tayanib “RIA Novosti” xabar bermoqda

Tadqiqotda aholining o`rtacha yillik o`sishi, naqd pul uchun uy-yoy mavjudligi, oilaning ish haqi evaziga ipoteka berilishi, mamlakatda har 1 000 ta odamga qancha uylar foydalanishga topshirilishi kabi omillar inobatga olingan. 

“Etaji” kompaniyasi tomonidan O`zbekistondan tashqari Rossiya, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston va Turkmanistonning ko`chmas mulk bozorlari tahlil qilindi.

Natijarga ko`ra, Qozog`iston sobiq SSSR mamlakatlari orasida uy-joy qurilishi istiqbollari bo`yicha etakchi deb topildi.

O`zbekiston ikkinchi o`rinda qayd etildi — to`plangan ipoteka portfelining ulushi, YaIM o`sishi va aholining uy-joy bilan ta`minlanishi bo`yicha mamlakat yaxshi ko`rsatkichlarga erishdi.

Rossiya uy-joy sotib olish kabi salbiy ko`rsatkichlarga qaramay uchinchi o`rinni egalladi. 

Bundan tashqari, Turkmaniston va Ozarbayjon sobiq SSSRning uy-joy qurilishi bo`yicha eng istiqbolli beshta davlati qatoriga kirad

    Boshqa yangiliklar