AsosiyDunyo

“Dok-1 Maks”ni ishlab chiqargan hind kompaniyasini uch xodimi hibsga olindi

'“Dok-1 Maks”ni ishlab chiqargan hind kompaniyasini uch xodimi hibsga olindi'ning rasmi

Hindiston polisiyasi O`zbekistonda 19 nafar bolaning o`limiga sabab bo`lgan “Dok-1 Maks” siropini ishlab chiqargan Marian Biotech farmasevtika kompaniyasining uch xodimini hibsga oldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Hibsga olish Hindiston hukumati laboratoriyasi tomonidan o`tkazilgan sinovlar natijasida Marion Biotech Pvt. Ltd (Uttar-Pradesh, Hindiston) kompaniyasining 22 ta dori namunasi “buzilgan va qalbaki” ekani aniqlanganidan so`ng amalga oshgan. Marion kompaniyasining operasiyalar bo`limi boshlig`i va ikki kimyogari dekabrda kompaniyani uch marta va yanvarda bir marta tekshirgan Markaziy dorilarni standart nazorat qilish tashkiloti (CDSCO) inspektori shikoyati asosida hibsga olgan.

“Qalbaki dori vositalari jamiyatga jiddiy zarar etkazishi mumkin va ular bilan bog`liq ma`lumotlar, yozuvlar yo`q qilinishi mumkinligi gumon qilinmoqda”, — deydi CDSCO'ning dorilar inspektori Ashish Kaundal o`z shikoyatida.

Polisiyaning yuqori martabali zobiti Marion'ning ikki nafar direktori “mamlakatdan tashqarida va ular Hindistonga qo`nishi bilanoq hibsga olinishini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar