Bu haqda O`zgidromet xizmati agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda
Ba`zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayib, chang-to`zonlar kuzatiladi. Xususan, Jizzax, Navoiy viloyatlarida 5 va 7 martda, Qoraqalpog`iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida 7 martda 22−25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
5−6 va 8−10 mart kunlari kutilayotgan yomg`ir sababli respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida, jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog`, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G`uzor tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho`rchi, Qumqo`rg`on, Muzrabot tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung`ur, Nurobod, Qo`shrabot, Kattaqo`rg`on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
- Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G`allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo`stonliq, Parkent, Piskent, O`rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo`rg`on tumanlarida;
- Farg`ona viloyati: So`x, Farg`ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo`rg`ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo`jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.






