Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan aksiyadorlik tijorat «Xalq banki»ning Ichki audit hamda Ichki nazorat va komplaens departamentlari mutaxassislari hamkorligida bankning Sirdaryo viloyati Xovos filialida noqonuniy holat aniqlandi.
2020-2023 yillar davomida qalbaki hujjatlar rasmiylashtirish va (yoki) biron-bir hujjat rasmiylashtirmasdan hamda soxta ma`lumotlardan foydalangan holda jami 3 mlrd. 828 mln. 400 ming so`m miqdoridagi byudjet mablag`lari o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilingan.
Holat yuzasidan DXX Sirdaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (O`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, bankning Xovos filiali bir nafar mas`ul xodimiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanildi.
03.03.2023 10:16
⚡️"Xalq banki"ning Xovos filialida 3,8 mlrd. so`m talon-toroj qilinganligi aniqlandi






