AsosiyDunyo

AQSh Moliya vazirligi raqamli dollarni ishlab chiqmoqda

'AQSh Moliya vazirligi raqamli dollarni ishlab chiqmoqda'ning rasmi

AQSh Moliya vazirligi markaziy bankning raqamli valyutasini yaratishga yordam beradigan texnologiya ustida ishlamoqda, deya xabar bermoqda The Hill nashri.

AQSh moliya vaziri o`rinbosari Nelli Lyan chorshanba kuni Bayden ma`muriyatining raqamli valyutani joriy etish rejasi haqida yangi ma`lumotlarni taqdim etdi.

AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) agar Kongress ruxsat bergan bo`lsa, oddiy dollar bilan bir qatorda raqamli dollarni chiqarish imkoniyatini ko`rib chiqmoqda.

Ayni damda qonunchilar va siyosatchilar bu tashabbusni muhokama qilmoqda. Unda G`aznachilik, FZT va Oq uy idorasi, Iqtisodiy maslahatchilar kengashi, Milliy iqtisodiy kengash va Fan va texnologiya siyosati boshqarmasi ishtirok etmoqda. Ayni paytda ishchi guruh tuzilgan. Uning taklifi AQShda raqamli dollarni amalga oshirish bo`yicha siyosiy qaror qabul qilishda muhim rol o`ynaydi.

    Boshqa yangiliklar