AsosiyJamiyat

Istanbul sohilida o`zbekistonlik ekanligi taxmin qilinayotgan noma`lum shaxsning jasadi topildi

'Istanbul sohilida o`zbekistonlik ekanligi taxmin qilinayotgan noma`lum shaxsning jasadi topildi'ning rasmi

Istanbul shahrining Kadikoy tumanidagi dengiz sohilida bir shaxsning jasadi topilgan, u O`zbekiston fuqarosi bo`lishi mumkinligi taxmin qilinyapti. Ushbu xabar O`zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasiga kelib tushgan.

Hozirda diplomatik vakolatxona prokuratura, morg, mamlakatimizdagi idora va boshqa tashkilotlar bilan shaxsning kimligini aniqlashga doir ishlarni amalga oshirmoqda.

Jasadning yonidan «Rahmatillo» ismli fuqaroga doir ashyolar topilgan.

Mazkur holat yuzasidan ma`lumotga ega bo`lganlar bosh konsulxonaga xabar berishlari so`ralgan.

    Boshqa yangiliklar