AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ishlab chiqarilmagan tovarlar uchun ham iste`mol krediti ajratiladi

'O`zbekistonda ishlab chiqarilmagan tovarlar uchun ham iste`mol krediti ajratiladi'ning rasmi

Senatining o`ttiz yettinchi yalpi majlisida “Moliyaviy iste`mol krediti berish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan “Iste`mol krediti to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga o`zgartish kiritish haqida”gi Qonun ko`rib chiqildi.

Unga ko`ra, O`zbekistonda ishlab chiqarilmagan tovarlar (xizmatlar) uchun ham iste`mol krediti ajratishga ruxsat berish ko`zda tutilgan.

Xususan, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sotiladigan tovarlar (xizmatlar), shuningdek, O`zbekiston Respublikasiga tashqaridan keltirilgan tovarlar (xizmatlar) uchun moliyaviy iste`mol kreditlari berish imkoniyatini nazarda tutuvchi o`zgartishlar kiritilmoqda.

Shuningdek, Qonun bilan iste`molchi moliyaviy iste`mol krediti olish to`g`risida iste`mol tovarlarini (xizmatlarini) ishlab chiqaruvchi korxonani yoki realizasiya qiluvchi tashkilotni oldindan yozma shaklda xabardor qilish tartibi bekor qilinmoqda.

Qonunning qabul qilinishi aholi iste`mol kreditlarini rasmiylashtirishda yengiliklar yaratilishiga, mamlakatda mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko`rsatish ko`lamining kengayishiga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma`qullandi.

    Boshqa yangiliklar