AsosiyJamiyat

O`tgan yili emlash uchun qancha mablag` sarflangani ma`lum qilindi

'O`tgan yili emlash uchun qancha mablag` sarflangani ma`lum qilindi'ning rasmi

AOKAda o`tkazilgan brifingda Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo`mitasi axborot xizmati rahbari Maftuna Saidova sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma`lumot berdi.

2022 yilda yuqumli kasalliklarga qarshi emlash uchun 205 mlrd so`m ajratildi va emlash qamrovi 98 foizga etkazildi.

O`tgan yil yakuniga kelib 2018 yilga nisbatan brusellyoz 30 foizga (242 ta holat), virusli gepatitning “V” turi 96,4 foizga (188 ta holat), virusli gepatitning “S” turi 89,9 foizga (62 ta holat), OIV infeksiyasi 4,2 foizga (172 ta holat)ga kamaydi.

Soha rivoji uchun va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida 243,4 mln dollarlik 5 ta investisiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

So`nggi bir yil davomida Evropa va Jahon savdo tashkilotlari va xalqaro talablardan kelib chiqib, ta`lim, qurilish, oziq-ovqat va boshqa sohalar bo`yicha 37 ta sanitariya qoida va me`yorlari yangi tahrirda qabul qilindi va xalqaro andozalarga moslashtirildi.

    Boshqa yangiliklar